Restoran, kafe, choyxona va oshxonalar uchun

Menyungiz —
bitta QR kodda

Mehmon stolga oʻtiradi, QR kodni skanerlaydi — menyu telefonida ochiladi. Rasm bilan, uch tilda va doim yangi narxlar bilan. Ilova yuklash shart emas.

  • Karta soʻralmaydi
  • 10 daqiqada tayyor
  • Istalgan vaqtda bekor qilasiz

Mazali Fast Food

Markaziy filial · Hozir ochiq

Manzil
Qoʻngʻiroq
WiFi
BurgerlarLavashHot-dogIchimlik

Muammo

Qogʻoz menyu har oy pulingizni yeydi

Restoran egalari bilan suhbatlashdik. Eng koʻp takrorlangan beshta shikoyat — quyida.

Har narx oʻzgarganda — qayta chop etish

50 nusxa menyu 150–300 ming soʻm. Yiliga bir necha marta takrorlanadi.

Taom tugadi — ofitsiant ogʻzaki tushuntiradi

Mehmon tanlaydi, keyin «bu yoʻq ekan» eshitadi. Yoqimsiz taassurot.

Rasmsiz menyu sotmaydi

Mehmon taomni koʻrmasa, tanish nomni buyurtma qiladi. Oʻrtacha chek pasayadi.

Mehmon rus yoki ingliz tilida soʻrasa

Yana alohida menyu chop etish kerak. Yoki ofitsiant tarjima qiladi.

Qaysi taom qiziqtirgani nomaʼlum

Qogʻoz statistika bermaydi. Menyuni nimaga qarab yangilaysiz?

Bularning hammasi bitta QR kod bilan hal boʻladi

Qanday? →

Qanday ishlaydi

Toʻrt qadamda ishga tushadi

Birinchi mehmoningiz menyuni bugun skanerlashi mumkin.

  1. 1

    Roʻyxatdan oʻting

    Ism, telefon, restoran nomi. Ikki daqiqa, karta soʻralmaydi.

  2. 2

    Menyuni kiriting

    Kategoriya qoʻshasiz, taom nomi va narxini yozasiz, rasmini yuklaysiz.

  3. 3

    QR kodni chop eting

    Rasmini yuklab olasiz, printerda chiqarasiz, stollarga yopishtirasiz.

  4. 4

    Mehmon skanerlaydi

    Telefon kamerasini QR'ga tutadi — menyu darhol ochiladi.

Video tez orada

Oʻrganish oson

Video qoʻllanma

Roʻyxatdan oʻtishdan QR kodni chop etishgacha — hammasi bitta videoda. Tushunmagan joyingiz boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling.

  1. 1Roʻyxatdan oʻtish
  2. 2Restoran va filial maʼlumotlari
  3. 3Kategoriya va taom qoʻshish
  4. 4Rasm yuklash
  5. 5WiFi, manzil, ijtimoiy tarmoqlar
  6. 6QR kodni yuklab olish va chop etish

Video koʻrib ham tushunmasangiz — qoʻngʻiroq qiling, telefonda bosqichma-bosqich tushuntiramiz.

+998 93 907 53 50

Imkoniyatlar

Ichida nima bor

Restoran ishlashi uchun kerak boʻlgan narsalar — qoʻshimcha toʻlovsiz.

Filiallar

Menyu hamma filial uchun bitta — qaysi taom qaysi filialda sotilishini bir jadvalda belgilaysiz. Har filialning oʻz manzili va oʻz QR kodi.

Taom rasmlari

Telefonda suratga olib yuklaysiz. Rasm avtomatik siqiladi — menyu baribir tez ochiladi.

Uch til

Oʻzbek, rus, ingliz. Mehmon oʻzi tanlaydi — alohida menyu chop etish kerak emas.

Stop-list

Taom tugadi — bir bosishda «Tugadi» belgisi qoʻyasiz. Mehmon darhol koʻradi.

WiFi paroli

Mehmon parolni menyudan bir bosishda nusxalaydi — ofitsiantdan soʻramaydi.

Chegirmalar

Eski narx chizilgan, yangisi ajratilgan holda koʻrinadi. Aksiya oʻtkazish oson.

Chop etish shablonlari

Stol kartochkasi, stikerlar, devor plakati — tayyor holda yuklab olasiz.

StatistikaTez orada

Qaysi taom koʻp ochilgan, qaysi soatda koʻp skanerlangan — hammasi grafikda.

Dizayn temalariTez orada

Menyuni restoraningiz uslubiga moslaysiz — rang, shrift, tungi rejim.

Avval koʻring, keyin qaror qiling

Bu — namuna restoran menyusi. Telefoningiz kamerasini QR kodga tuting yoki tugmani bosing.

Demo menyuni ochish

Sizning menyungiz ham xuddi shunday koʻrinadi — faqat oʻz taomlaringiz bilan.

KAMERANI TUTING

Tariflar

Tariflar

Barcha tariflarda 6 kunlik bepul sinov. Karta soʻralmaydi, istalgan vaqtda bekor qilasiz.

Yillik toʻlovda 2 oy bepul

Start

Bitta joyda ishlaydigan kichik kafe va choyxonalar uchun

99 000soʻm / oy

Sinab koʻrish
  • 1 ta filial
  • 50 tagacha taom
  • 5 ta kategoriya
  • Taom rasmlari
  • QR kod va chop etish shablonlari
  • Manzil, telefon, WiFi, ijtimoiy tarmoqlar
  • Koʻp til
  • Brendimizni yashirish
Tavsiya etamiz

Standart

Ikki filialgacha boʻlgan restoran va kafelar uchun

199 000soʻm / oy

Sinab koʻrish
  • 2 ta filial
  • 100 tagacha taom
  • 10 ta kategoriya
  • Taom rasmlari
  • QR kod va chop etish shablonlari
  • Uch til: oʻzbek, rus, ingliz
  • Statistika — tez orada
  • Brendimizni yashirish

Biznes

Bir nechta filiali bor restoran va tarmoqlar uchun

349 000soʻm / oy

Sinab koʻrish
  • 5 tagacha filial
  • Cheksiz taom
  • Cheksiz kategoriya
  • Taom rasmlari
  • Uch til: oʻzbek, rus, ingliz
  • Toʻliq statistika — tez orada
  • Brendimiz yashirin
  • Telegram orqali tezkor yordam

6 va undan ortiq filialingiz bormi? Bogʻlaning — alohida kelishamiz.

Narxlar QQS bilan. Yuridik shaxslar uchun shartnoma va hisob-faktura beramiz.

Savol-javob

Koʻp beriladigan savollar

Mehmon ilova yuklashi kerakmi?

Yoʻq. QR kod skanerlanganda menyu toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerda ochiladi. Hech narsa oʻrnatilmaydi.

Menyu oʻzgarsa, QR kodni qayta chop etish kerakmi?

Yoʻq. QR kod bir marta chop etiladi va doim ishlaydi. Narx, taom, rasm — hammasini oʻzgartirsangiz ham eski QR oʻsha menyuni ochaveradi. Buni kafolatlaymiz.

Qanday ishlatishni qayerdan oʻrganaman?

Saytdagi video qoʻllanmada hammasi bosqichma-bosqich koʻrsatilgan. Tushunmagan joyingiz boʻlsa, qoʻngʻiroq qiling — telefonda tushuntirib beramiz.

Menyuni kim kiritadi?

Oʻzingiz — panel juda oddiy, telefon orqali ham ishlaydi. Qiynalsangiz, qoʻngʻiroq qiling — telefonda bosqichma-bosqich yordam beramiz.

Taom rasmlarini qayerdan olaman?

Telefoningizda suratga olsangiz yetarli. Tizim rasmni avtomatik kesadi va siqadi. Rasm umuman boʻlmasa ham menyu chiroyli koʻrinadi.

Mehmonda internet boʻlmasa-chi?

Menyu ochilishi uchun internet kerak. Shuning uchun restoran WiFi parolini menyuga qoʻshib qoʻyishni tavsiya qilamiz — mehmon bir bosishda nusxalaydi.

QR kod stikeri yirtilib ketsa?

Panelga kirib qayta yuklab olasiz va chop etasiz. Cheksiz va bepul.

Nechta filial qoʻsha olaman?

Start tarifida 1 ta, Standartda 2 ta, Biznesda 5 tagacha. Undan koʻp boʻlsa — bogʻlaning, alohida kelishamiz. Menyu hamma filial uchun bitta, lekin har filialda qaysi taom sotilishini oʻzingiz belgilaysiz va har biriga alohida QR kod beriladi.

Toʻlovni qanday amalga oshiraman?

Panelda «Tarif va toʻlov» boʻlimiga kirasiz va koʻrsatilgan summani kartamizga oʻtkazasiz — Click orqali bir bosishda yoki Payme, Uzum, Paynet kabi istalgan ilovadan. Pul tushishi bilan obuna oʻzi faollashadi, chek yuborish shart emas.

Sinov muddati tugagach nima boʻladi?

Menyu vaqtincha yopiladi, lekin barcha maʼlumotlaringiz saqlanib qoladi. Toʻlov qilganingizdan keyin hammasi oʻz holicha tiklanadi.

Obunani bekor qilsam boʻladimi?

Ha, istalgan vaqtda. Hech qanday jarima yoki majburiy muddat yoʻq.

Javobini topmadingizmi? Telegramda yozing — tez javob beramiz.